Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining Milliy reyestriga kiritish uchun ariza taqdim etish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda portal axborot xizmati xabar berdi.
Xizmat O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Uzinfocom markazi tomonidan yuridik shaxslarga ko‘rsatiladi.
Xizmat natijasi Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini Milliy reyestrga kiritish yoki kiritishni rad etish to‘g‘risidagi elektron xabarnomani olish hisoblanadi.
Xizmat bepul ko‘rsatiladi.
Izoh (0)