Aktyorlar Sharof Sharapov va Guli Sharapova (Gulchehra Eshonqulova) ayni vaqtda Samarqand shahrida odatda to‘ydan oldin o‘tkaziladigan fotosessiyani uyushtirdi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
“Guli va Sharofning o‘zi bu haqda ochiq gapirmayotgan bo‘lsa ham ularning ijtimoiy tarmoqlarga joylayotgan suratlariga qarab shunday xulosaga kelish mumkin”, — deyiladi “Darakchi.uz” xabarida.
Ma’lumot uchun, Sharof Sharapov va Gulchehra Eshonqulova 2015-yilning 30-mayida rasman nikohdan o‘tgan. Oilaviy juftlik 2016-yilning 6-iyulida o‘g‘il farzandli bo‘lgan edi.
“Darakchi.uz”ning qayd etishicha, o‘zbek san’atkorlari orasida farzandli bo‘lganidan so‘ng to‘y qilish holati birinchi bor yuz kuzatilayotgani yo‘q — Shohrux reper ham o‘g‘il farzandli bo‘lganidan so‘ng farzandining onasiga to‘y qilib, uylangan edi.
Izoh (0)