AQSh Senati prezident tomonidan Saudiya Arabistoniga qarshi yo‘naltirilgan qonunga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish uchun yetarli ovoz to‘pladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Barak Obamaning 11-sentabr qurbonlari oilalariga Saudiya Arabistoniga qarshi da’vo qo‘zg‘ashga imkon beruvchi qonun loyihasiga taqiq qo‘ygan, bu Kongressda keskin norozilikni keltirib chiqargan edi.
AQSh qonunchiligiga ko‘ra, prezident qo‘ygan taqiqni bekor qilish uchun qayta ovoz berish chog‘ida qonun loyihasini vakillar palatasi va senat a’zolarining uchdan ikki qismi yoqlashi kifoya.
Taqiqqa qarshi senatorlarning 97 nafari ovoz berdi, bir kishi prezidentning fikriga qo‘shildi.
Yaqin vaqt ichida shu kabi ovoz berish vakillar palatasida ham bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Izoh (0)