Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, velosportni ommalashtirish maqsadida 24-sentabr, shanba kuni Toshkentda “Kamolot- tur” IX yoshlar velomarafoni o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.
Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida shu kuni soat 9:00 dan 11:00 ga qadar Abdulla Qodiriy ko‘chasidan (Yunusobod tumani, Markaz-5 mavzesi) Qorasaroy ko‘chasigacha bo‘lgan ko‘chalarda (Sharof Rashidov, Shayxontohur, Abay, Sebzor, Qorasaroy ko‘chalari) harakatlanish cheklanadi.
Toshkent shahar hokimligi ushbu cheklanishlar tufayli yuzaga keladigan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘radi.
Izoh (0)