• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bloomberg moliya olamidagi eng nufuzli shaxslar nomini oshkor etdi

    Bloomberg agentligi moliya olamidagi eng nufuzli 50 shaxsdan iborat reytingni e’lon qildi. Ushbu reytingga birinchi marta Rossiya prezidenti Vladimir Putin kiritildi. Birinchi o‘rinni Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey egallagan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni AQSh prezidentligiga nomzodlar Donald Tramp va Hillari Klinton bo‘lishib oldi.

    Reytingning dastlabki o‘nligi — “RBK” fotojamlanmasida.

    1. Tereza Mey — Buyuk Britaniya bosh vaziri

    Foto: AP

    Foto: AP
    Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Bloomberg tahlilchilarini Brexit masalasidagi dadilligi bilan hayron qoldirdi. Avval boshida u Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan ajralishiga qarshi chiqayotgan edi. Agentlikning fikricha, Londonning Yevropa moliya markazi sifatidagi mavqei yangi bosh vazir biznes bilan qay darajada muvaffaqiyatli kelishib olishiga bog‘liq.

    2. Donald Tram — AQSh prezidentligiga nomzod

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters
    AQSh prezidenti sifatida kim saylanishi jahon moliya bozorining kelajagini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Bloomberg prezidentlikka da’vo qilayotgan milliarder davlat qarzi va erkin savdo-sotiq muammolarini qanday hal qilishini qiziqish bilan kuzatishini bildirib o‘tdi.

    3. Hillari Klinton — AQSh prezidentligiga nomzod

    Foto: AP

    Foto: AP
    Agar saylovlarda Klinton xonim g‘alaba qozonsa, u holda sobiq davlat kotibi yuritadigan siyosatning asosiy vazifalaridan biri soliqqa tortish tizimini qayta ko‘rib chiqish bo‘ladi.

    4. Si Szinpin — Xitoy raisi

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters
    Xitoy raisining bundan buyon YaIM tushishi va davlat qarzining o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi va’dasi jahon moliya bozori barqarorligi uchun juda muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaydi Bloomberg. Agar ushbu va’da bajarilmasa, bozor qulaydi.

    5. Jeff Bezos — Amazon asoschisi

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters
    Bezosning ta’siri va mavqei oxirgi paytlarda yaqqol sezilmoqda. Hozircha uning birorta raqibi natijalariga ko‘ra Bezosga yaqinlasha olmadi. Tadbirkorning shaxsiy boyligi ham o‘sib bormoqda — joriy yilda u 68 milliard dollar pul bilan Bloomberg versiyasi bo‘yicha jahonning uchinchi eng boy insoni deb topildi.

    6. Angela Merkel — Germaniya kansleri

    Foto: AP

    Foto: AP
    Merkel xonimning muhojirlar masalasidagi siyosati uning pozitsiyasiga bir qadar putur yetkazdi. Uning partiyasi — “Xristian-demokratik ittifoq”ning saylovlardagi natijalariga ko‘ra xulosa qilinsa, Merkel 2017-yilda qayta saylanishi shubha ostida qoladi, deb hisoblaydi agentlik ekspertlari. Shunga qaramay, hozircha Yevropaning eng yirik iqtisodiyotini boshqarishda uning o‘rnini egallaydigan biror jiddiy raqobatchi yo‘q.

    7. Mario Dragi — Yevropa markaziy banki rahbari

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters
    Dragi Yevropa markaziy bankini qo‘rqitish befoydaligini ko‘rsatdi: Britaniya Ittifoq tarkibidan chiqishga qaror qilganida u “pinagini ham buzmadi”, lekin bu qadam Yevropa iqtisodiyotiga zarar keltirishini aytib o‘tdi. Yaqin yillarning barqaror kelish-kelmasligi aynan shu shaxsga bog‘liqdir.

    8. Janet Yellen — AQSh Federal zaxira tizimi raisi

    Foto: AP

    Foto: AP
    O‘z navbatida, AQSh iqtisodiyotining barqarorligi Yellen xonimga bog‘liq. Mamlakat iqtisodiyotining o‘sishi ko‘p jihatdan Yellenning asosiy stavkani boshqarish bo‘yicha sokin va ishonchli xatti-harakatlari tufayli davom etmoqda.

    9. Uorren Baffet — amerikalik investor

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters
    Baffet o‘z sohalarida yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan kompaniyalarga muvaffaqiyatli investitsion kiritmalari tufayli to‘qqizinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

    10. Serjio Moro — Braziliya federal sudyasi

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Aynan Moro o‘z prokurorlari jamoasi bilan birgalikda Braziliyani retsessiyaga, mamlakat sobiq prezidenti Dilma Russeffni esa impichmentga olib kelgan korrupsion janjalni ikki yil davomida tergov qildi.

    23.09.2016, 22:48   Izoh (0)   20049
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shimoliy Koreyada mamlakat tarixidagi ilk aviashou o‘tkaziladi

    23.09.2016, 17:17

    Yaponiya qirg‘oqlari yaqinida 6,1 magnitudali zilzila ro‘y berdi

    23.09.2016, 12:30

    Moskvada prezident ishlarini boshqaruvchi korxonalardan birining direktori otib ketildi

    23.09.2016, 11:35

    Yevropa Ittifoqi muhojirlar muammosini hal qilishda global hamkorlikka chaqirdi

    23.09.2016, 11:24

    Panda daraxtdan qulab, o‘z turdoshlarini qo‘rqitib yubordi (video)

    23.09.2016, 11:22

    Indoneziyadagi toshqinlar natijasida kamida 27 kishi halok bo‘ldi

    23.09.2016, 11:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.