Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining 2016-yilgi mavsumi finalida Qarshining “Nasaf” klubi to‘p suradi.
21-sentabr kuni yarim finalning javob o‘yinini Buxoroda o‘tkazgan Ro‘ziqul Berdiyev boshqaruvidagi jamoa 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozondi. Uchrashuvning 26-daqiqasida “Nasaf” legioneri Krasich bosh hakam Ravshan Ermatov tomonidan chetlatilgan bo‘lsa, o‘yindagi keyingi ketma-ket ikki gol har ikki klubning boshqa legionerlari tomonidan urildi.
Ma’lumot uchun, “Nasaf” 2003, 2011, 2012, 2013, 2015-yilgi mavsumlarda ham O‘zbekiston Kubogining finalida to‘p surgan va faqatgina 1 marta — 2015-yilgi mavsumda bosh sovringa ega chiqqan.
Qayd etish kerak, 21-sentabr kuni Toshkentning “Bunyodkor” klubi O‘zbekiston Kubogining yarim finaliga yo‘llanma olgandi. Final chiptasini yutib olish uchun Sergey Lushchan jamoasi “Lokomotiv” bilan kuch sinashadi.
O‘zbekiston Kubogi Yarim final. Javob o‘yini 21-sentabr, chorshanba
“Buxoro” — “Nasaf” 1:2
Gollar: Dragan Cheran 37, (0:1). Vadim Chemirtan, 58 (1:1). Doniyor Narzullayev, 85 (1:2).Chetlatish: Ognen Krasich, 26 (N).Dastlabki uchrashuv: 0:2
Izoh (0)