Fitnes zalida yo‘riqchi bo‘lib ishlaydigan 27-yoshli Elli Farnfild bir o‘zi London poyezdida ketayotganda to‘satdan hushidan ketdi. U kasalxonada ko‘zini ochdi va bu yerga qanday kelib qolganini eslolmadi. Biroq yonida turgan maktub orqali unga barchasi ayon bo‘ldi, deb hikoya qiladi AdMe.
Maktubda, jumladan, shunday deyilgandi:
“Eleonora, buni o‘qiyotganingda ancha o‘zingga kelib qolgan bo‘lasan, deb o‘ylayman. Poyezdda tutqanoq xuruji yuz berdi va seni u yerdan olib tushdim. Yoningda qololmaganim uchun juda afsusdaman, biroq mana bu tetik tortishing uchun qahva va uyga taksida yetib olishing uchun 10 funt. Kechir, yonimda boshqa pul qolmagandi, shu sababli shu atrofda yashaysan deb umid qilaman.
Telefoningdagi aloqalar ro‘yxatida bo‘lgan kishilar bilan bog‘landim, tibbiy yordam yo‘lga chiqdi, ungacha esa temir yo‘l xodimlari bilan bo‘lib turasan. Tezda sog‘ayib ketishingni tilab, Tom”.
Elli mazkur maktub fotosini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirdi va minnatdorchilik bildirish uchun sirli Tomni topishda yordam so‘radi. U hayotini saqlab qolgani ehtimoldan xoli bo‘lmagan Tomni hozircha topmagan bo‘lsa-da, xaloskori bilan baribir ko‘rishishiga umid qilmoqda.
Izoh (0)