Madridning “Real” klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Rodrigo Goes faoliyatini Angliya Premyer Ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub rahbariyatidan Rodrigoning transferini talab qilgan. Klub egalari ham ushbu fikrni qo‘llab-quvvatlab, braziliyalik futbolchi uchun kamida 100 million yevro to‘lashga tayyor ekanligini bildirgan.
Madridliklar esa hujumchining ketishiga qat’iy qarshi emas. Agar futbolchining o‘zi jamoani tark etishni istasa, “qirollik klubi” unga to‘sqinlik qilmaydi. Biroq, klub rahbariyati 23 yoshli futbolchi uchun kamida 100 million yevro talab qilmoqda.
“Manchester Siti”ning uch nafar futbolchisi — Jek Grilish, Savinyo va Jeyms Makeyti boshqa klubga o‘tishi kutilmoqda. Shu bois, “shaharliklar” rahbariyati braziliyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.
Izoh (0)