Iroq armiyasi AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya ko‘magida IShID nazoratida bo‘lgan mamlakat hududining yarmini ozod qildi. Mahalliy aholi esa asta-sekin ozod etilgan tumanlarga qaytmoqda. Bu haqda Bag‘dodda tashrif bilan bo‘lib turgan AQSh Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Entoni Blinken ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Vashington Iroq bosh vaziri tomonidan olib borilayotgan islohotlar siyosati va hukumat kuchlarining IShIDga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz demokratik, federativ va yagona Iroq tarafdorimiz”, — deya ta’kidladi oldinroq AQSh mamlakatga gumanitar ko‘mak tarzida 181 million dollar berishini bildirgan Blinken.
Blinken boshchiligidagi AQSh Davlat departamenti Iroqqa mahalliy rasmiylar bilan xavfsizlik va IShID jangarilariga qarshi kurash, jumladan, Mosul shahri ustidan nazoratni tiklash masalalarini muhokama etish uchun keldi.
Izoh (0)