Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi futbolchilari Markus Reshford, Jessi Lingard, Eshli Yang va Timoti Fosu-Mensa hayotdan ko‘z yumayotgan muxlisining iltimosiga javob berib, uning o‘limidan 45 daqiqa oldin hol-ahvolidan xabar olishga borgandi. Bu haqda The Sun nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, 73 yoshli Peddi Lauer uzoq yillardan buyon mankunianlarga muxlislik qilib, klub futbolchilari bilan uchrashishni orzu qilgandi. Marhumning nevarasi buvasi haqidagi hikoyani ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. “MYu”ning yosh futbolchilari esa klub muxlisining orzusini amalga oshirishga rozilik berdi.
“Futbolchilar olamdan o‘tayotgan odamning so‘nggi iltimosini bajara olishiga ishona olmagandik. Ular uyimizda yarim soatlarcha bo‘ldi va bu vaqt mobaynida ko‘plab suratlar olindi hamda dastxatlar berildi”, – dedi Lauerning nevarasi.
Izoh (0)