Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bo‘lgan Sanjar Tursunov va Aleksandr Geynrix o‘zlari to‘p surayotgan chempionatlarda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ukraina Ligasining 7-turida Sanjar Tursunov to‘p suradigan “Vorskla” klubi o‘z maydonida “Volin”ni qabul qildi va 2:1 hisobida zafar quchdi. 46-daqiqaga kelib maydonga tushirilgan o‘zbekistonlik futbolchi 74-daqiqaga kelib mezbonlarga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.
Ukraina Chempionati 7-tur uchrashuvi 11-sentabr, yakshanba
“Vorskla” — “Volin” 2:1
Gollar: Dmitriy Xlyobas, 20 (1:0). Anatoliy Didenko, 25-pen (1:1). Sanjar Tursunov, 74 (2:1).Qozog‘iston Super Ligasida faoliyatini davom ettirayotgan Aleksandr Geynrix esa 26-tur uchrashuvida dubl qayd etdi. Uch daqiqa ichida ikkita gol kiritgan o‘zbekistonlik hujumchi jamoasiga 3 ochko taqdim etib berdi.
Qozog‘iston Chempionati 26-tur uchrashuvi 11-sentabr, yakshanba
Izoh (0)