11-sentabr kuni kunduzi va 12-sentabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonda asosan yog‘ingarchiliksiz iqlim sharoiti kuzatildi. “O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra, faqat Toshkent viloyatining ayrim tog‘li hududlarida 11-sentabr kuni kunduzi biroz yomg‘ir yog‘di.
11-sentabr kuni O‘zbekiston yirik shaharlari va viloyat markazlarida havo haroratining eng yuqori ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘ldi: Nukus shahrida +24 daraja, Urganch, Navoiy shaharlarida +25 daraja, Buxoro shahrida +26 daraja, Samarqand shahrida +28 daraja, Toshkent, Jizzax, Guliston, Qarshi shaharlarida +29 daraja iliq, Andijon shahrida +33 daraja, Namangan, Farg‘ona shaharlarida +34 daraja, Termiz shahrida +35 daraja issiq.
12-sentabrga o‘tar kechasi esa O‘zbekiston yirik shaharlari va viloyat markazlarida havo haroratining eng past ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘ldi: Urganch, Navoiy shaharlarida +10 daraja, Nukus, Qarshi shaharlarida +11 daraja, Jizzax shahrida +12 daraja, Buxoro shahrida +13 daraja, Guliston shahrida +14 daraja, Toshkent, Samarqand shaharlarida +15 daraja, Termiz, Farg‘ona shaharlarida +16 daraja, Andijon, Namangan shaharlarida +17 daraja iliq.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)