Buyuk Britaniya politsiyasi turli dinlar o‘rtasidagi to‘y marosimini buzish uchun qilichlar bilan qurollanib, sikxlar ibodatxonasini garovga olgan 55 kishini hibsga oldi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi, deb yozadi “RBK”.
Garovga oluvchilar guruhi reyd an’anaviy nikoh marosimining buzilishiga qarshi tinch namoyish bo‘lganligini ma’lum qilgan. Hujum uyushtirilgan ibodatxonada o‘tkazilishi kerak bo‘lgan nikoh marosimi ishtirokchilaridan biri sikx ta’limoti tarafdori bo‘lmaganligi aytilmoqda.
Mahalliy politsiya rasmiy saytida hodisa terrorchilik akti sifatida ko‘rib chiqilmasligi ma’lum qilingan.
Izoh (0)