Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi xonadonlarning birida 10-sentabr kuni olcha daraxti gulladi. Bu haqda xonadon egasi Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida fotoxabar qoldirgan.
Unga javoban Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi boshqa bir foydalanuvchi fotosurat e’lon qilgan bo‘lib, unda 6-sentabr kuni gilos daraxti gullani haqida ma’lumot berilgan.
Qayd etish joiz, O‘zbekistonda mevali daraxtlarning bir yilda kutilmaganda ikki marta gullashi holatlari avval ham kuzatilgan.
2014-yil: Jizzaxda olma daraxti gulladi (foto)
2015-yil: Yunusobodda gilos daraxti gulladi (foto)
Izoh (0)