2003-yil qishida AQSh milliy xavfsizlik agentligi “al-Qoida” razvedka faoliyatini chippakka chiqarish uchun hatto MXA shtab-kvartirasida yadro qurilmasini portlatishi mumkinligini kutgan. Bu haqda The Daily Beast nashri ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
“O‘sha yili Rojdestvoni nishonlash uchun yaqinlarim oldiga ham borolmagandim”, — eslaydi o‘shanda yadro qurolini qidirgan guruhlar faoliyatini kuzatib borgan maxsus xizmat xodimi.
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, bomba aynan qayerda joylashtirilgan bo‘lishi mumkinligini aniqlash ustida xodimlarning butun boshli guruhi ishlagan. Boshqa xodimlar terrorchilarning tahdidlariga ishonish mumkin-mumkin emasligini tekshirgan. AQSh energetika vazirligi mamlakatning yirik shaharlariga radioaktiv nurlanishni aniqlashi lozim bo‘lgan qurilmaga ega vakillarini jo‘natgan. MXA AQShda halokat ro‘y bergan taqdirda razvedka faoliyati ustidan rahbarlikni qo‘lga olish masalasida yordam so‘rab Buyuk Britaniyaga murojaat etgan.
Izoh (0)