Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Axloq qo‘mitasining arbitraj palatasi tashkilotning sobiq vitse-prezidenti hamda Shimoliy, Markaziy Amerika va Karib havzasi futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF)ning sobiq prezidenti Jeffri Uebbni futbolga aloqador har qanday faoliyatdan umrbod chetlashtirdi. Bu haqda FIFA matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Jeffri Uebb, shuningdek, 1 million shveysariya franki miqdorida jarimaga tortildi. Mutasaddining chetlatilishi zudlik bilan kuchga kiradi.FIFA sobiq vitse-prezidenti do‘q-po‘pisa orqali pul undirish, uchta holatda qalloblik hamda uchta holatda pul yuvishda aybdor deb topildi. Bundan tashqari, arbitraj palata Uebbning ishida FIFA axloq kodeksining bir nechta moddasini buzganini aniqladi.
Izoh (0)