O‘zbekiston shaharlaridagi bir qator yirik restoranlarda 5-sentabr, dushanba kuni mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga ehson oshi berilmoqda.
“Darakchi.uz” xabariga ko‘ra, Toshkentdagi “Yakkasaroy”, “Charog‘on”, “Farovon”, “Ummon”, “Navro‘z”, “Sayohat” restoranlarida 5-sentabr kuni soat 11:00 dan 15:00 gacha osh tarqatiladi. UZ24’ning yozishicha, Samarqandda “Mo‘jiza” restoranida 11:00 dan 15:00 gacha ehson oshi beriladi.
Namangan viloyati hokimligi axborot xizmatidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, Namangan shahridagi “Shodiyona” restoranida, shuningdek, viloyat tumanlarida ham Birinchi Prezident xotirasiga ehson oshi tarqatilmoqda.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2-sentabr, juma kuni vafot etdi. Dafn marosimi 3-sentabr kuni, Islom Karimovning o‘z vasiyatiga ko‘ra, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. 3—5-sentabr kunlari O‘zbekistonda, 5-sentabr esa Kubada motam kunlari deb e’lon qilingan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)