Amerikaning NASA kosmik agentligi Orol dengizining keskin qurib ketishini ko‘rsatib beruvchi yangi suratlar ketma-ketligini taqdim etdi, deb yozadi “Korrespondent.net” The Telegraph’ga tayanib.
Nashr ta’kidlashicha, Orol dengizi qachonlardir dunyoda kattaligi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadigan ko‘l bo‘lgan.
1960-yillardan u shiddat bilan sayozlashib bordi, bunga unga kelib quyuluvchi daryolar — Amudaryo va Sirdaryodan suv olinishi sabab bo‘ldi — Sobiq Ittifoq davrida yaqin oradagi cho‘llarni shu tariqa qishloq xo‘jalik yerlariga aylantirmoqchi bo‘lishgan.
Hozirda Orol dengizi ikkita alohida ko‘lga ajralib qoldi va qariyb butunlay qurib bitdi.
Izoh (0)