Juno (“Yunona”) kosmik qurilmasi Yerga Yupiterning unikal fotosuratlarini yubordi. Bu haqda NASA saytida xabar berildi.
Suratlar 27-avgust kuni, “Yunona” sayyora atrofidagi birinchi aylanishini muvaffaqiyatli amalga oshirgan vaqtda olingan, u Yupiterni jami 36 marta aylanib chiqishi kerak. Zond osmon jismini avval ko‘rilmagan rakurslarda muhrlashga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi marta Yupiterning infraqizil tasvirlari yirik planda suratga tushirildi.
“Bu Yupiterning shimoliy va janubiy qutblari infraqizil manzaralaridir, ular biz shu paytgacha ko‘rmagan iliq va issiq nuqtalarni namoyon qildi. Boshqa hech qaysi qurilmalar Yerdan yoki koinotdan janubiy qutb yog‘dusini kadrga muhrlay olmagan edi. Detallashtirishning yuqori darajasi bizga Yupiter haqida ko‘proq narsa aytib beradi”, — dedi “Yunona” ilmiy qurilmasi tadqiqotchisi.
Eslatib o‘tamiz, besh yil davomida Yupiterga qarab uchgan Juno sayyoralararo stansiyasi 4-iyul, AQSh mustaqilligi kunida Yupiter orbitasiga chiqqan edi. Keyinroq esa Juno koinot qurilmasi sayyorani maksimal yaqin masofada aylanib o‘tdi.
Izoh (0)