Ben-Gurion nomidagi universitet tadqiqotchisi, isroillik fizik Yosef Ashkenazi Yupiterning Galileo Galiley tomonidan kashf qilingan to‘rtta yo‘ldoshidan eng kichigi — Yevropa yuzasining haroratini baholadi. Olimlar osmon jismidagi muz ostidagi okeanda hayot bor deb gumon qilmoqda. Tadqiqot arXiv.org saytida e’lon qilindi.
Yevropa yuzasi haroratining qiymatlari hudud kengligiga bog‘liq. Parametr kattaligi ekvatorda (101,7 kelvin) maksimal, qutbda (45,26 kelvin) minimal bo‘ladi. Haroratning o‘rtacha qiymati 94,75 kelvinni tashkil etadi.
Ashkenazining hisob-kitoblari, avvalgi ishlardan farqli o‘laroq, Yupiterning Quyosh atrofidagi harakati trayektoriyasi aylana harakatdan og‘ishini, yo‘ldosh sayyoraning soyasida joylashganini, shuningdek, Yevropaning ichki qizishini hisobga oladi. Yo‘ldoshdagi tagida okean yashiringan muz qatlami qalinligi 10 kilometrga teng deb qabul qilindi.
Yevropa Quyosh tizimidagi Yerdan tashqari hayot manbai bo‘lishga asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Yo‘ldoshning muz qatlami ostida okean yoki qayishqoq muz qavati yashiringan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)