Google kompaniyasi besh yil davomida Yupiterga qarab uchgan va endi o‘z missiyasini bajarishga kirishgan Juno sayyoralararo stansiyasi sharafiga dudl yaratdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Skrinshot: “Korrespondent.net”

Skrinshot: “Korrespondent.net”

Juno stansiyasi yaqindagina gazli gigant orbitasiga chiqdi va endi uning atrofida 5 km masofada aylanadi. Stansiya Yupiterni tadqiq qilib, uning suratlarini olishi kutilmoqda.

Google kompaniyasi yaratgan dudl quvonchli xabardan xursand bo‘lib sakrayotgan va chapak chalayotgan olimlar tasvirini, shuningdek, zond emojisini aks ettiradi.