Rossiyaning Ryazan viloyatidagi Listvyanka aholi punkti yaqinida yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Havo kemasi qulagani haqidagi xabar 4-sentabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan 16:18 daqiqada olindi. Qutqaruvchilar bir kishi jabrlanganini ma’lum qildi. Biroq viloyat favqulodda xizmatlaridagi manbaga ko‘ra, halokatdan so‘ng kasalxonaga yetkazilgan samolyot uchuvchisi olamdan o‘tgan.
Hodisa joyida qutqaruvchilar ishlamoqda. Turar-joylar uchun xavf yo‘qligi bildirilgan.
Izoh (0)