Tabiat himoyasi bo‘yicha xalqaro ittifoq katta pandalarni Qizil kitobda qirilib ketayotganlar guruhidan qaltis guruhga o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Jahon yovvoyi tabiat fondi (WWF).
“Tur duch kelgan xavf darajasi pasaygani Xitoy hukumati rahbarligidagi harakatlar besamar ketmaganini bildiradi va bunday ahamiyatli turlarni saqlab qolishga sarflangan mablag‘ qoplanayotganini ko‘rsatadi”, — dedi WWF’ning Xitoydagi ijrochi direktori.
Tabiat himoyasi bo‘yicha xalqaro ittifoq ma’ruzasida aytilishicha, 2004—2014-yillarda Xitoydagi katta pandalar soni 1596 tadan 1864 tagacha ko‘paygan. Butun dunyoda esa bunday jonivorlar soni taxminan 2060 tani tashkil etadi.
2015-yil yanvarida AQSh va Xitoy ekologlari katta pandalar soni kamayib ketishi ehtimoli katta ekanligi haqida ogohlantirgan edi. Bunga asosiy sabab iqlim o‘zgarishlaridir. Mutaxassislar prognozlariga ko‘ra, 2070-yilga kelib, katta pandalar soni ikki marta kamayishi mumkin.
Izoh (0)