Mustaqillik yillarida fuqarolar salomatligi mustahkamlandi, jumladan, o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 66 yoshdan 73,5 yoshga yetdi, onalar o‘limi 3,2 barobar, bolalar o‘limi esa 3,4 barobar kamaydi. Bu haqda Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston xalqiga mustaqillikning 25 yilligi munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida aytildi. Tabrik matnini O‘zA taqdim etdi.
“Eng muhimi, o‘tgan davr mobaynida odamlarimizning salomatligi mustahkamlanib, onalar o‘limi 3,2 barobar, bolalar o‘limi 3,4 barobar kamaygani, o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 66 yoshdan 73,5 yoshga, ayollar o‘rtasida 76 yoshga uzaygani, aholimizning soni 2016-yilning oxirigacha 32 milliondan oshib ketishi, ya’ni mustaqillik yillarida xalqimiz 12 millionga ko‘paygani bizning qanday katta yuksalish yo‘lini bosib o‘tganimizni, el-yurtimizning hayot sifati va farovonligi o‘sib borayotganini yaqqol tasdiqlaydi”, — deya ta’kidladi davlat rahbari.
“Bularning barchasi avvalo mard va matonatli xalqimizning qahramonona mehnati evaziga amalga oshirilmoqda va mamlakatimiz o‘zining barqaror rivojlanish sur’atlari bilan xalqaro jamoatchilikni hayratda qoldirmoqda”, — qo‘shimcha qildi Islom Karimov.
Izoh (0)