Facebook Qizil Xoch tashkilotiga Italiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun 500 ming yevro ajratadi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerberg ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Facebook Italy AD credits (reklama akkauntlaridagi bepul o‘rinlar) shaklida Qizil Xoch ehtiyojlari uchun 500 ming yevro ajratadi. Tashkilot Facebook platformasidan mablag‘ to‘plash, ko‘ngillilarni qidirish, donorlik qoni yig‘ilishi haqidagi e’lonlar joylashtirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatish uchun boshqa maqsadlarda foydalanishi mumkin”, —deyiladi Sukerberg tomonidan tarqatilgan bayonotda.
Italiya Qizil Xoch tashkiloti prezidenti Franchesko Rokka Rimda bo‘lib turgan Sukerbergga minnatdorlik bildirdi va ushbu xayriya tashkilotga mamlakatning markaziy mintaqasidagi zilziladan jabrlanganlarga ko‘mak ko‘rsatishga imkon berishini bildirdi.
Izoh (0)