Avstraliyada turmadan qochgan Emi Sharp 7 News Sydney telekanali Facebook’da uning qidirilayotgani haqidagi e’longa qo‘ygan suratni almashtirishni talab qildi.
Telekanal postida politsiya axloq tuzatish muassasasidan qochib ketgan 18 yoshli Sharpni qidirayotgani haqida aytilgan edi. Tashqi ko‘rinish va alohida belgilar bilan birga, e’longa qizning qamoqxonada tushirilgan fotosurati ham ilova qilingan edi.
E’lonni qochoq qizning o‘zi ham ko‘rib, 7 News Syney’dan suratni yaxshirog‘iga almashtirishni so‘radi va hatto o‘z variantini taklif qildi. “Iltimos, mana bu suratni ishlating, rahmat. Samimiyat bilan Emi Sharp”, — deb yozdi u.
Sharpning murojaati internetda ommalashib ketdi va 62 mingdan ortiq “layk” yig‘di. Facebook foydalanuvchilari qizni qo‘llab-quvvatladi va bunday dadil va jur’atli xatti-harakatini maqtadi.
Izoh (0)