Xitoyda ayol qamoq jazosidan qutulish uchun ketma-ket uch nafar farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda China Morning Post xabar berdi.

Chen Hong taxallusi bilan tanilgan ayol 2020-yil dekabr oyida firibgarlikda ayblanib, besh yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Biroq u panjara ortida hayotdan qutulishning yo‘lini topdi. Qamoqxonada o‘tirish o‘rniga Chen mamlakat qonunchiligini o‘rganib chiqib, ozodlikda qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Xitoy qonun hujjatlariga ko‘ra, og‘ir kasallikka chalinganlar, homilador ayollar, yangi tug‘ilgan bolasi borlar yoki o‘zini parvarish qila olmaydigan mahkumlar jazoni vaqtincha qamoqdan tashqarida o‘tashlariga ruxsat etiladi. Odatda ular uyida yoki jamoat nazorati ostida bo‘lib, muntazam ravishda huquq-tartibot idoralariga ma’lumot berib turadi. Uydan turib jazoni o‘tayotganlar har uch oyda homiladorlik yoki kasallik holati haqida hisobot topshirishlari shart.
Shu kabi tekshiruvlardan birida, 2024-yil may oyida Chenning uchinchi bolasini ham dunyoga keltirgani, ammo ayolning farzandi bilan yashamayotgani aniqlandi. Bundan tashqari, u allaqachon eridan ajrashib, ikki nafar katta farzandi otasi bilan qolgan edi.

Foto: BBC
Natijada mahalliy prokuratura organlari ayol homiladorlikni qamoqdan qochish vositasi sifatida ishlatganini tasdiqladi. Dastlab ayolni qamoqqa qaytarish masalasi ko‘rib chiqildi, biroq jazosi yakunlanishiga bir yildan kam muddat qolganligi sababli Chenni vaqtincha mahbuslarni saqlash markaziga joylashtirishdi.
Yaponiyada esa butunlay teskari holat kuzatilmoqda. Keksaygan ayollar qashshoqlik va yolg‘izlikdan qochish uchun qamoqxonaga tushishni istashadi, chunki ayollar koloniyasida nafaqaxo‘rlarga ovqat beriladi, parvarish qilinadi.
Izoh (0)