Moskva metrosining “Universitet” bekatida elektr poyezd mashinisti mushuk bolasini g‘ildiraklar ostida qolib ketishdan qutqarib qoldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, mushukcha “Universitet” bekatida temiryo‘l ariqchasi bo‘ylab “sayr qilib yurgan”. Mashinist poyezdni stansiyada qoldirgan, relsga tushgan va mushukchani olib platformaga qo‘ygan. Shundan so‘ng poyezd harakatini davom ettirgan. Mushukchaga zarar yetmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskva metrosida bir qiz poyezd g‘ildiraklari tagida qolib, halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)