Yevropa Konferensiyalar Ligasi saralash bosqichi doirasidagi “Bashakshehir” — “Universitatya” uchrashuvi (1:2) bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Abbosbek Fayzullayev esa 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Uchrashuvdan so‘ng Sofascore portali o‘zbekistonlik futbolchilarning o‘yinini baholadi. Natijaga ko‘ra, Eldor Shomurodovning harakatlari 6,3 ballga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, 14 daqiqa harakat qilgan Abbosbek Fayzullayev 6,7 ball bilan baholangan.
Shomurodov statistikasi:
- 37 marta to‘pga tegindi;
- 25 uzatma amalga oshirdi, ulardan 23 tasi aniq bo‘ldi (92%);
- 6 marta yerda kurash olib bordi (2 tasi muvaffaqiyatli);
- 4 marta havodagi kurashga kirishib, 1 tasida ustun keldi.
Fayzullayev statistikasi:
- 13 marta to‘pga tegindi;
- 7 uzatmaning barchasi aniq yetib bordi (100%);
- 1 kalit pas;
- 1 dribling.

Shuningdek, “Bashakshehir” safida Kristofer Operi va Faruk Beyaz eng past ball (6,2) olgan futbolchilar bo‘ldi.
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida “Universitatya” yarim himoyachisi Karlos Mora e’tirof etildi. Kosta-rikalik futbolchi jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi va 90 daqiqa davomida faol o‘yin ko‘rsatdi.
Izoh (0)