Islandiyaning eng yirik vulqonlaridan biri Katla hududida 4 va 4,5 magnitudali ikki zilzila qayd etildi. Bu haqda 29-avgust, dushanba kuni Islandiya meteorologiya agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Geofizik Gunnar Gudmundssonning so‘zlariga qaraganda, biroz g‘alati vaziyat kuzatilmoqda, biroq vulqon otilishi alomatlari yo‘q. U ushbu vulqon odatda taxminan har 80 yilda uyg‘onishini qo‘shimcha qildi. Oxirgi marta uning otilishi 1918-yilda qayd etilgan.
2010-yilda Katla bilan qo‘shni Eyyafyadlayokyudl vulqonining otilishi ulkan kul chiqitlariga sabab bo‘lgan edi va buning oqibatida dunyo bo‘yicha aviaqatnov izdan chiqqan edi.