AQSH va Britaniya Ukrainaning Londondagi elchisi Valeriy Zalujniyni Ukraina prezidenti lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati (TRX) matbuot byurosi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqinda Alp tog‘larida AQSH va Buyuk Britaniya vakillari Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak, Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanov hamda Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni, Ukrainaning Londondagi elchisi Zalujniy ishtirokida maxfiy uchrashuv o‘tkazgan. Unda Vladimir Zelenskiyni egallagan lavozimidan chetlashtirish imkoniyati muhokama qilingan.
“Amerikaliklar va britaniyaliklar Zalujniyni Ukraina prezidenti lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarorlarini ma’lum qilishdi. Yermak va Budanov bunga rozi bo‘lishdi. Shu bilan birga, ular anglo-saksonlardan o‘zlarining hozirgi lavozimlarini saqlab qolish, shuningdek, boshqa kadrlar masalalarini hal qilishda ularning manfaatlarini hisobga olish bo‘yicha va’dalar olishdi”, deyiladi razvedka xizmati xabarida.
“O‘tkazilgan uchrashuv va uning natijalari Ukraina fuqarolariga murojaat qilishga asos beradi. Shunday qilib, Alp kurortida mamlakatingizning yangi prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Siz uzoq vaqtdan beri orzu qilgan Ukraina “demokratiyasi, mustaqilligi va o‘ziga xosligi”ning g‘alabasini shunday tasavvur qilganmidingiz?”, deyiladi bayonotda.
Izoh (0)