• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12500.01
    • RUB151.96
    • EUR14471.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    Kapitan Huk, Skar, Kruella: Disney yovuz qahramonlarni yaratishda kimlardan ilhomlangan?

    Amerikaning Disney kompaniyasi ajoyib multfilmlari bilan butun dunyoda mashhur bo‘lib, tomoshabinlarning bir necha avlodi ular bilan ulg‘aygan. Bu AQSHda birinchi bo‘lib to‘liq metrajli animatsion film suratga olgan va ishlab chiqarishga rotoskopiya texnikasini joriy etgan dastlabki kompaniyalardan biri. Tasvir yaratishning bu usulida jonli aktyorlar ishtirokidagi sahna suratga olinadi, so‘ngra u kadrma-kadr qayta chiziladi. Aktyorlarning harakatlari va yuz ifodalarini aniqroq tasvirlash imkonini beruvchi bu yondashuv kompaniyada 80-yillarning oxirigacha qo‘llanilgan.

    Кадр из мультфильма «101 далматинец»

    Multfilmlarni bu usulda yaratish juda katta mehnat talab qilar va qimmat jarayon edi. Salbiy qahramonlar obrazi esa ko‘pincha umumlashtirilgan ko‘rinishda bo‘lgan. Bunda mashhur san’atkorlar yoki ular yaratgan kinofilm qahramonlari multiplikatsion personajlarga asos bo‘lgan.

    Qirolicha Grimxilda

    Королева Гримхильда в мультфильме «Белоснежка и семь гномов» (1937)

    1937-yilda ekranlarga chiqqan “Oppog‘oy va yetti gnom” multfilmi haqiqiy sensatsiyaga aylandi. U g‘oyat katta tijorat muvaffaqiyatiga erishdi va animatsiya rivojlanishiga ulkan ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu film Uolt Disneyga sakkizta “Oskar” mukofotini keltirdi.

    Filmning asosiy salbiy qahramoni Oppog‘oyning o‘gay onasi, yovuz malika Grimxilddir. U eng go‘zal bo‘lib qolishni istaydi, shu maqsadda o‘gay qizini yo‘q qilishga tayyor. Dastlab u semiz va aqldan ozganroq bo‘lishi kerak edi, ammo keyinchalik animatorlar uni salobatli va hukmron, ayni paytda go‘zallikdan bebahra bo‘lmagan ayolga aylantirishadi.

    Хелен Гахаган в фильме «Она» (1935)

    Oppog‘oy va shahzoda rotoskopiya texnologiyasi yordamida yaratilgan bo‘lsa-da, malika obrazini muayyan aktrisa asosida chizishning iloji bo‘lmagan. Animator Artur Bebbit 1935-yildagi “U” melodramasidagi Helen Gahagandan ilhom olgan. Malikaning nafrat bilan qimtilgan lablari va katta ko‘zlari Joan Krouforddan olingan. Bundan tashqari, qahramonda Marlen Ditrix, Greta Garbo va qisman malikaga ovoz bergan Lyusil La Vernning xususiyatlari ham aks etgan.

    Kapitan Huk

    Капитан Крюк / Ганс Конрид

    Jeyms Barrining mashhur pyesasi asosida yaratilgan “Piter Pen” multfilmida bolalarga kapitan Huk rahbarligidagi qaroqchilar qarshi turadi. Bashang kiyingan, ammo qonxo‘r kapitan Piter Pendan ilgari kesilgan qo‘li uchun o‘ch olishni istaydi.

    Kapitan Hukning animatori Frenk Tomas bo‘lib, u “To‘qqiz qariya” deb atalgan tor doiradagi animator-rassomlar guruhiga kirardi. Ular XX asrning katta qismini Disney studiyasida o‘tkazishgan. Qahramonga ovoz bergan Gans Konrid kinoda ko‘p suratga tushmagan bo‘lsa-da, 1940-yillarning oxirida ko‘plab radiospektakllari orqali Amerika tinglovchilariga yaxshi tanish edi.

    Konrid ikki yildan ortiq vaqt davomida rotoskopiya usuli bilan uning qahramonini chizish uchun model vazifasini bajargan. Bundan tashqari, Jon, Maykl va Vendi Darlinglarning otasiga ham ovoz bergan.

    Kruella de Vil

    Круэлла / Таллула Бэнкхед

    Mo‘ynali buyumlarga o‘ch Kruella de Vil 1961-yilda yaratilgan “101 dalmatin” to‘liq metrajli animatsion filmining yovuz qahramoni hisoblanadi. U eski tanishi Anitada ko‘rgan kichkina dalmatinlar terisidan po‘stin tikishni orzu qiladi. Bu maqsadda u ikkita firibgarni yollaydi, ular esa kuchukchalarni o‘g‘irlashadi.

    Kruellaga ovoz bergan amerikalik aktrisa Betti Lu Jerson radiospektakllar orqali mashhur bo‘lib, shuningdek, 1950-yildagi Disneyning “Zolushkal multfilmida hikoya matnini o‘qigan. Jerson nafaqat Kruellaga ovoz bergan, balki bu personajni yaratishga mas’ul bo‘lgan studiyaning yetakchi animatori Mark Devis uchun ilhom manbalaridan biri bo‘lib xizmat qilgan.

    Mark Devisga ilhom bergan yana bir aktrisa uning familiyadoshi Bett Devis edi. Gollivudning oltin davri eng buyuk aktrisalaridan biri sifatida u ko‘plab yoqimsiz qahramonlarni gavdalantirishi bilan shuhrat qozongan. Bundan tashqari, Kruella obraziga, aniqrog‘i, uning mushtuk bilan o‘ynash uslubiga mashhur aktrisa va ashaddiy chekuvchi Tallula Benxed o‘z hissasini qo‘shgan.

    Skar

    Disneyning eng jirkanch yovuz qahramonlaridan biri “Qirol sher” multfilmidagi Skar bo‘ladi. Mufasaning makkor, hasadgo‘y va hokimiyatparast ukasi shohning o‘limini uyushtiradi va jiyani Simbani podsholikdan quvib, o‘zi qirol bo‘lib oladi.

    Skar rolini ijro etish uchun ko‘plab aktyorlar sinovdan o‘tkazilgan. Ular orasida “U” dahshatli filmidagi masxaraboz rolini ijro etgan Tim Karri, “Garri Potter” orqali tanish bo‘lgan Alan Rikman, Ien MakKellen va boshqalar bor edi. Natijada g‘alaba Jeremi Ayronsga nasib etdi.

    Джереми Айронс в роли Клауса фон Бюлова в фильме «Изнанка судьбы»

    Animator Andreas Deja Jeremi Ayronsning mimikasini sinchkovlik bilan kuzatib, uni ekranga mohirona ko‘chirgan. Biroq aktyor o‘z qahramonidan qoniqmagan, ammo buning o‘ziga xos sababi bor edi. Uning fikricha, Skar qandaydir ozg‘in va bechorahol qilib tasvirlangan, vaholanki, sochini oldirib yuruvchi Jeyms Erl Jonsning Mufasa qahramoni hashamatli yoli bilan maqtana olardi.

    29 iyul, 20:15   Izoh (0)   1498
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    2026-yilgi Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lib o‘tishi aniq bo‘ldi

    Sport | 30 iyul, 08:59

    Rossiyaning Kamchatka yarimorolida 8,7 balli kuchli zilzila sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 30 iyul, 08:55

    Samarqandda xonanda Zeboyi Jahon o‘ldirib ketildi

    O‘zbekiston | 30 iyul, 08:41

    Moda olamida yangi ambassadorlar: jahon brendlarini namoyish qiluvchi mashhur sportchilar (foto)

    Shou-biznes | 30 iyul, 08:28

    Tailand Kambodjaning 18 nafar harbiy xizmatchisini asirga oldi

    Dunyo | 29 iyul, 23:55

    Braziliyalik keksa ayol ChatGPT’ni sevib qolganini ma’lum qildi

    Dunyo | 29 iyul, 23:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.