Hindistonning Kanpur shahrida istiqomat qiluvchi 11 yoshli suzuvchi Shraddxa Shukla mamlakat sportchilarining Olimpiadadagi yutuqlaridan ilhomlanib, milliy rekordni yangilashga qaror qildi va Gang daryosi bo‘ylab 570 kilometrlik suzishga otlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Kanpur – Banoras yo‘nalishidan suzib o‘tish, qat’iyatli qizning hisob-kitoblariga qaraganda, 10 kun vaqt oladi. Qiz har kuni 60 kilometrdan suzib o‘tishni rejalashtirmoqda. Bu 13 ta Olimpiya marafoniga tengdir.
Shu bilan birga, Shukla har 4–5 soatda quruqlikka chiqib, tanaffus qilishga majbur bo‘ladi.
Izoh (0)