Moskvalik haydovchi avtomobilining soyasi yo‘ldagi yaxlit chiziq belgisini kesib o‘tgani uchun jarimaga tortilganini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti” “Drive2.ru” avtomobil internet-portaliga tayanib.
“Qoidabuzarlik” 25-avgust kuni Moskva avtomobil halqa yo‘li va Lipetskaya ko‘chasi tutashgan joyda sodir bo‘ldi. Avtomobilchining so‘zlariga ko‘ra, u Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasiga shikoyat yuborgan va javob kutmoqda.
Huquq-tartibot xodimlari voqea yuzasidan izoh berganicha yo‘q.
Izoh (0)