Xitoy janubida 28-avgust, yakshanba kuni sodir bo‘lgan avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida kamida o‘n kishi halok bo‘ldi, 32 kishi jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Avtohalokat Gunsi—Chjuan muxtor tumanida ro‘y berdi. Jabrlanganlardan besh nafarining holati o‘ta og‘ir ekanligi aytilmoqda. Politsiya halokat sabablarini o‘rganmoqda.
Izoh (0)