Litva NATOning AQSh rahbarligida shakllantirilayotgan xalqaro batalyoni uning chegarasi yaqinida joylashtirilishini istaydi. Bu taklifni mamlakat prezidenti Dalya Gribauskayte polshalik hamkasbi Anjey Duda bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
Gribauskayte xonimning fikricha, agarda qo‘shinlar Polsha sharqida joylashtirilsa, ular har bir davlatga operativ tarzda yordamga yetib bora oladi. Shu tariqa, harbiy ixtilof kelib chiqqan taqdirda Boltiqbo‘yi davlatlari AQSh yordamidan uzilib qolmaydi.
Izoh (0)