O‘zbekistonda 26-avgust, juma kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 26-avgustga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +10...+15 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida +20 darajagacha, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida +21 darajagacha, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +23 darajagacha iliq bo‘ladi.
Juma kuni kunduzi mamlakatning tog‘li hududlarida havo harorati +22...+27 daraja iliq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +35 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Toshkent shahrida +36 darajagacha, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +37 darajagacha, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +38 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)