Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matnini O‘zA keltirdi.
Unga ko‘ra, “Tafakkur” jurnali bosh muharriri A’zamov Erkin Normamatovichga “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” unvoni berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari Siddiqova Enaxon Abdurahimovna “O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri” unvoniga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)