Madridning “Real” klubi rahbariyati jamoa yetakchilari Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl va Luka Modrich shartnomalarini uzaytirmoqchi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Krishtianu Ronaldu va Garet Beylning madridliklar bilan kelishuvi 2021-yilga qadar uzaytirilishi avvalroq ma’lum bo‘lgandi. Endilikda klub rahbariyati sentabr oyida 31 yoshni qarshi oladigan Luka Modrich bilan ham hamkorlikni uzaytirmoqchi.
Xorvatiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2018-yilga qadar mo‘ljallangan. Unga ham 2021-yilga qadar davom etadigan kelishuv taklif qilinadi.
O‘tgan mavsuda Modrich “Real” safida 32 uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izoh (0)