23–25-avgust kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zo davlatlari Milliy koordinatorlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
ShHTning Toshkent sammitidan keyingi birinchi milliy koordinatorlar uchrashuvida a’zo davlatlar vakillari 2016–2017-yillarda tashkilotda o‘tkaziladigan asosiy tadbirlar jadvali va kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan ShHT Hukumat rahbarlari (Bosh vazirlar) kengashining navbatdagi majlisiga hamda boshqa qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.
Izoh (0)