Fransiya janubi-sharqida ikki o‘rinli kichik samolyot halokatga uchradi. Bu haqda, The Daily Mail nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea Savoyya departamentidagi Sen-Remi-de-Moryen shaharchasida sodir bo‘ldi. Shahar merining ma’lum qilishicha, samolyot uchish chog‘ida daraxtga tegib ketgan. Samolyotda bo‘lgan ikki kishi halok bo‘lgan.
Samolyot ichida turistlar bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)