Braziliya senati 25-avgust kuni mamlakat prezidenti Dilma Russeffning impichmenti bo‘yicha ishni ko‘rib chiqa boshladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Jarayonga Braziliya federal oliy sudi rahbari Rikardu Levandovski raislik qilmoqda. 30–31-avgust kuni o‘tishi kutilayotgan yakuniy ovoz berishda jami 81 senator ishtirok etadi. Agar ular impichmentni yoqlab chiqsa, Russef bir umrga hokimiyatdan chetlashtiriladi.
Impichment jarayoni muxolifat tashabbusiga ko‘ra boshlab yuborilgan edi. Muxolifat mamlakat prezidentini soliq siyosatini suiiste’mol qilishda hamda o‘z saylovoldi kampaniyasida budjet mablag‘laridan foydalanishda ayblamoqda.
Izoh (0)