Daryo

Suriya Turkiyani mamlakat suverenitetini buzishda aybladi

Ilgariroq Turkiya Suriya hududida IShIDga qarshi harbiy operatsiya boshlagani ma’lum qilingan edi

1 daqiqa o‘qish13 432 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP

Suriya TIV Turkiyani IShIDga qarshi operatsiya doirasida mamlakat hududiga, Jarablus shahri yaqiniga bostirib kirishda aybladi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

Foto: AP

Suriya TIV mamlakat hududidagi terrorchilikka qarshi har qanday operatsiyalar rasmiy Damashq bilan kelishilgan holda o‘tkazilishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, Suriya tomoni rasmiy Anqarani IShID bahonasida boshqa guruhlarga hujum qilishda aybladi.

Ilgariroq Turkiya Suriya hududida IShIDga qarshi harbiy operatsiya boshlagani ma’lum qilingan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Mavzuga oid:

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar