BMT Xavfsizlik kengashi KXDR tomonidan amalga oshirilgan ballistik raketa parvozini muhokama qilish uchun yopiq uchrashuv o‘tkazadi, deya xabar bermoqda “TASS” XKga a’zo mamlakatlardan birining diplomatiga tayanib. Uning so‘zlariga ko‘ra, diskussiya AQSh va Yaponiya so‘rovi bo‘yicha o‘tkaziladi.
24-avgust, chorshanba kuni KXDR suv osti kemasidan ballistik raketa uchirgani ma’lum qilindi. Yaponiya mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, raketa taxminan 500 km masofaga uchib, Yapon dengiziga quladi. U birinchi marta mamlakat havo hujumiga qarshi mudofaa identifikatsiya hududi ichkarisiga 80 kilometrgacha kirdi.
Yaponiya hukumati rahbari ushbu hodisani “butun mintaqada tinchlik va barqarorlikka jiddiy rahna solgan holda, BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini kechirilmas tarzda buzish” deb atadi.
Izoh (0)