Dunyo okeani sathi asr oxiriga kelib, 3,5 metrga ko‘tarilishi mumkin. Bu sayyora aholisining 20 foizdan ortig‘i yashaydigan dengiz bo‘yidagi shaharlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday prognozni Rossiya Fanlar akademiyasi Kengashi “Dengiz sohillari” ishchi guruhi raisi Leonid Jindarev ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Biz iqlim isishi davrida yashamoqdamiz, ushbu jarayon Shimoliy yarim sharda, Arktika mintaqasida eng ko‘p seziladi. Muzliklarning erishi dengiz sathi ko‘tarilishiga olib keladi. Dunyo okeani sathining ko‘tarilishi bo‘yicha uch xil variantdagi prognoz bor: maksimal daraja — 3,5 metr, o‘rtacha — 1—1,5 metr, minimal — 1 metrgacha. Biz o‘rtachasiga asoslanamiz”, — dedi olim.
Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, ayni paytda Dunyo okeani sathi har yili o‘rtacha 3 millimetrga ko‘tarilmoqda. Ammo Leonid Jindarev aytishicha, “ko‘tarilish tezligi oshishiga moyillik kuzatilmoqda”. U ushbu muammo dengiz bo‘yidagi shaharlar uchun juda jiddiy deb hisoblaydi.
Izoh (0)