Bryusselning Ukkl kommunasi, Baskyul dahasida machete bilan uch kishini (ikki yo‘lovchini avtobusda, uchinchi kishini bekatda) yaralagan shaxs 52 yoshli filippinlik ayol bo‘lib chiqdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
La Derniere Heure nashriga ko‘ra, politsiyachilar uni qo‘lga olish chog‘i yaralagan. Ayol hozir kasalxonada bo‘lib, hali so‘roq qilinmadi. U o‘qotar quroldan ikki bor jarohatlangani, biroq holati tashvishlanarli emasligi aytilmoqda.
Ayol tomonidan yaralangan kishilar ham kasalxonaga yotqizilgan bo‘lib, ularning jarohati jiddiy emasligi ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)