Yengil motorli samolyot Moskva viloyatidagi Istra suv omboriga qulagani rasman tasdiqlandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 22-avgust, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan 22:00 atrofida hozircha noma’lum konstruksiyadagi yengil motorli samolyot Istra suv ombori yuzasidan uchib ketmoqchi bo‘lgan. Biroq qanoti suvga tegib, shikastlanish olgan va cho‘kib ketgan”, — deyiladi Rossiya FVV viloyat boshqarmasi xabarida.
Hozirda hodisa joyida qutqaruvchilar guruhi ishlamoqda. Samolyot bortida ikki kishi bo‘lgani bildirilgan.
Izoh (0)