22-avgustning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Turkiyadagi to‘yda amalga oshirilgan terakt qurbonlari soni 53 kishiga yetdi. Portlash oqibatida halok bo‘lganlarning 20 nafari bolalardir.
2. O‘zbekistonda 1-oktabrdan eng kam ish haqi 1,15 baravar oshiriladi. Ish haqi “respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish” maqsadida oshirilmoqda.
3. Markaziy saylov komissiyasi senator Ravshan Norbo‘tayevning vakolatini tugatdi. U bungacha Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
4. Rio—2016 da sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarning umumiy pul mukofoti 1 mln 525 ming AQSh dollariga teng bo‘ldi. Olimpiadalar tarixida ilk marta O‘zbekiston dunyoda 21, Osiyoda 4, MDHda 2, Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi.
5. Bitta rasmda: O‘zbekistonning yozgi Olimpiadalardagi barcha oltinlari va O‘zbekiston sportchilarning Rio Olimpiadasidagi barcha medallari.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)