Afg‘onistonning Parvon viloyati, Bagram shahrida amerikalik harbiylar avtokolonnasi yaqinida sodir etilgan portlash oqibatida kamida uch nafar mahalliy politsiyachi jabrlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Khaama Press ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lbola portlovchi qurilma xudkush terorchi tomonidan harakatga keltirilgan. NATOning mamlakatdagi missiyasi rahbariyati alyans harbiylari terakt tufayli jabrlanmaganini ma’lum qildi.
Mazkur portlash uchun javobgarlikni hozircha hech bir guruh zimmasiga olmadi.
Izoh (0)