Janubi-g‘arbiy Xitoydagi Sichuan provinsiyasida qurilish havozalarining qulashi olti kishining halok bo‘lishiga olib keldi. Yana to‘rt kishi jarohat olgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa Lanchjun shahridagi qurilish maydonida, ishchilar beton quyish bilan mashg‘ul bo‘lganida ro‘y berdi. Barcha jabrlanganlar kasalxonaga yetkazildi. Ulardan birining holati og‘ir ekanligi aytilmoqda.
Politsiya hodisa sabablarini o‘rganishga kirishdi.
Izoh (0)